Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori daromad keltiruvchi eng antiqa kasblar reytingi tuzildi
Business Insider nashri tomonidan eng g‘alati 14 kasbning ro‘yxati tuzildi.
1. Ilonlar "sog‘uvchisi". Uning ishi dunyodagi eng xavfli ilonlardan zahar olishdan iborat. Olingan zahardan ko‘pincha tibbiy yoki ilmiy maqsadlarda foydalaniladi. 1 grammi - 1000 dollar
2. Kelinning professional dugonasi. Bunday xizmatni ko‘rsatuvchi agentlik 300dan 2000 dollargacha bo‘lgan narx evaziga hayotingizdagi eng muhim kunda dugona bilan ta'minlashi mumkin.
3. Aysberg harakatlantiruvchisi. Bu kasb "Titanik" halokatidan keyin dolzarb kasbga aylandi. AQSh qirg‘oq mudofaasi tizimida xalqaro muz patruli bor, u suzib yuruvchi muz qatlamlari harakatini kuzatadi va xavf tahdidi bo‘lganda ularning harakatini o‘zgartirib zararsizlantiradi. Daromad lavozimga qarab belgilanadi.
4. Professional qayg‘uruvchi sizga dafn marosimlarida kerakli muhitni yaratishga yordam beradi. Angliyaning "Ijaraga yig‘lovchi" kompaniyasi ikki soatga 70 dollar qiymatida mutaxassisning xizmatlarini taklif etadi.
5. Ba'zi dam olish maskanlarida kuchuklar uchun serfing-instruktorlar ishlaydi.
6. Feysfilerlar yoxud yuzni ushlab ko‘ruvchilar. Ular yangi krem yoki boshqa kosmetikani teriga qanday ta'sir ko‘rsatayotganligini bilish uchun sinovchilarning yuzlarini ushlab ko‘radilar.
7. Professional quchoqlovchi. Soatiga 80 dollarga siz bilan quchoqlashadi.
8. Professional tomoshabin. Ha, adashmadingiz - pulga televizor ko‘rish kerak. Biroq bu oson ish emas. Televizor ko‘rish vaqtida teleshou yoki yangiliklarda foydalanish mumkin bo‘lgan kadrlarni tanlay bilish lozim.
9. Marhumning kuli (prax) bilan ishlovchi rassom. G‘arbda ba'zi odamlar o‘tganlarning kulidan marjon yoki haykalchalar tasvirini yasash uchun shunday mutaxassislarni yollaydilar.
10. Og‘izdan keluvchi hidni baholovchilar. Ular odatga ko‘ra saqich, tish pastasi yoki og‘iz bo‘shlig‘ini chayuvchi suyuqlik chiqaruvchi kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatadi.
11. Itlarga mo‘ljallangan ozuqanini tatib ko‘ruvchilar. Taajjubki, buni ham insonlar bajaradi. Ular ozuqaning hammasini yeyishmaydi, albatta. Shunchaki mazasini ko‘rib, unga baho berishadi.
12. Jo‘jalarning jinsini aniqlovchi. Inkubatorlar egalari bu soha vakillariga yiliga 60 000 dollar to‘laydi.
13. Professional navbatda turuvchi. Siz boshqa foydali ishlar bilan shug‘ullanguningizga qadar o‘rningizga navbatda turadi. Ularning eng epchillari bir haftada 1000 dollar ishlab oladi.
14. Bashoratli pechenelar uchun bashorat tuzuvchilar. Bunday ish uchun odatda yozuvchi-frilanserlar yollanadi.