Jahon | 15:49 / 07.04.2016
1068
1 daqiqa o‘qiladi

DM: KXDR raketalari qo‘shni mamlakatlar hududiga yeta oladi

Daily Mail nashrida yozilishicha, Shimoliy Koreyaning jangovar yadrokallaklari o‘rnatilgan o‘rta masofaga uchuvchi raketalari Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyaga yeta oladi.

Nomini oshkor etmagan janubiy koreyalik yuqori lavozimli mulozimning bayonot berishicha, shimoliy koreyalik muhandislar yadro kallaklari o‘lchamini kichraytirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Taxminlarga ko‘ra, ular yadrokallaklar hajmini "Nodon" raketalariga mos kelishi uchun kichraytira olishgan.

Mulozimning aytishicha, endilikda ushbu raketa 1 tonna keladigan jangovar kallakni 2 ming kilometr masofagacha elta oladi. Bu esa, nazariy jihatdan raketaning Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Rossiyadagi nishonlarni bemalol ura olishini anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish