Jahon | 23:45 / 07.04.2016
1668
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton: Agar prezident bo‘lsam, Xitoy chizgan chizig‘imizda yuradi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Xitoy uchun AQSh bozorini yopishga tayyorligini aytdi. Klintonning aytishicha, Pekin bozorda o‘ziga firib ishlatishga ijozat beradi, bundan esa AQSh iqtisodiyoti jabr ko‘rmoqda.

"Xitoy noqonuniy tarzda bizning bozorni arzon mahsulotlar bilan to‘ldirmoqda, savdo sirlarimizni o‘g‘irlaydi, valyuta bozorida manipulyatsiyalar o‘tkazadi, o‘z davlat kompaniyalariga adolatsiz imtiyozlar taqdim qiladi va amerikalik ishlab chiqaruvchilarni tahqirlaydi", deb aytdi Klinton.

U Xitoy bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilishning yo‘lini bilishini aytdi. Gap nafaqat savdo bilan bog‘liq muammolar, balki xakerlik hujumlari va ekologik bahslar haqida ham ketmoqda, deb xabar bermoqda Breitbart.

"Ular men prezident bo‘lsam, chizgan chizig‘imizda yurishlariga to‘g‘ri kelishini biladilar", deb ta'kidlab o‘tdi Klinton.

Klintonning ta'kidlashicha, Pekin AQShning barcha talablarini bajarishiga to‘g‘ri keladi, aks holda u Xitoy uchun AQSh bozorini yopishga tayyor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish