Jamiyat | 21:18 / 07.04.2016
4949
1 daqiqa o‘qiladi

Otabek Muhammadzohid uni o‘ldiga chiqarishganini gapirib berdi

Xonanda Otabek Muhammad Zohid 1 aprelda u bilan bog‘liq o‘ta yomon hazil bo‘lganligini gapirib berdi. Bu haqda “7x7” nashri yozmoqda.

— Bundan o‘n yillar avval sozanda yigitlardan biri qo‘pol hazil qilib, ko‘pchilikni qo‘rqitgan edi. Shogirdimga qo‘ng‘iroq qilib: “Otabek akam olamdan o‘tibdi!..”, degan. Shogirdim yig‘lab, yana uch-to‘rt tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan ekan. So‘ng “janoza”ning nechada o‘qilishini bilish uchun uy telefonimga qo‘ng‘iroq qilgan. Tasodifni qarangki, o‘shanda go‘shakni o‘zim ko‘targan edim. “Ustoz?!”, degan ovoz eshitildi-yu, u yog‘i yig‘i aralash kulgiga aylanib ketdi...

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish