Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyalik shifokor Ibrahimovichni doping qabul qilishda aybladi
Shvetsiyalik yengil atletika bo‘yicha sport murabbiyi va doktori Ulf Karlsson mamlakat terma jamoasi hamda Parijning "PSJ" klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni "Yuventus" safida o‘ynagan vaqtlarida doping qabul qilgani haqida aytdi. Futbolchi 2004 yildan 2006 yilgacha turinliklar jamoasi safida o‘ynagandi.
"Ibrahimovich "Yuventus"daligida 6 oy ichida mushaklarida 10 kg vazn yig‘di. O‘ylaymanki, bu doping evaziga edi. Bu safar mening bunga ishonchim komil. Dopingsiz bunga erishishning amalda iloji yo‘q. Bu jamoada o‘sha vaqti shifokor bo‘lib ishlagan xodim uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi kerak", deya Karlssonning so‘zlarini keltiradi NWT.