Jahon | 16:54 / 08.04.2016
2260
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda xatolik tufayli qamalgan mahbus 33 yildan so‘ng oqlandi

AQShning Virjiniya shtati sudi sud xatosi tufayli qamoqda 33 yilni o‘tkazgan 60 yoshli mahbusni oqlab ozodlikka chiqardi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, AQSh harbiy dengiz kuchlari xizmatchisi bo‘lgan Kit Allen Harvard o‘z xotini Jyessi Perronni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanib, butun umrlik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. O‘sha paytda u aybiga iqror bo‘lmagan.

Sud qaroridan 33 yil o‘tgach, Virjiniya shtati sud-tibbiy ekspertiza departamenti qayta test o‘tkazdi. Natijada, surishtiruv paytida aniqlangan DNK namunasi boshqa odamga taalluqli ekani qayd etildi. U 2006 yili odam o‘g‘irlagani uchun qamalgan, keyinroq Ohayo qamoqxonasida vafot etgan, Krotti bilan birga xizmat qilgan odam bo‘lib chiqdi.