Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransua Olland Livan, Misr va Iordaniyaga safar uyushtiradi
Fransiya prezidenti Franusa Olland 16 apreldan 19 aprelgacha Livan, Misr va Iordaniyaga safar uyushtiradi. Bu haqda Yelisey saroyi ma'lum qildi.
"Fransiya prezidenti do‘stona davlat bo‘lgan Livanni Fransiya tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqlash uchun u yerga ishchi safar uyushtiradi. Prezident Misrga ushbu mamlakat prezidenti taklifi bilan boradi, bu tashrif ikki davlat munosabatlarini chuqurlashtiradi. Fransiya prezidenti Iordaniyada qirol Abdulloh II bilan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va terrorchilikka qarshi kurash borasida muzokaralar o‘tkazadi", deyilmoqda xabarda.