Bugun, 8 aprel kuni Osiyo futbol Konfederatsiyasi JCh-2018 musobaqasining 3-saralash bosqichida ishtirok etadigan va saralangan terma jamoalarning qur'a oldidan savatchalarga taqsimlab chiqdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchada Saudiya Arabistoni bilan birga o‘rin egallashi rasman ma'lum qilindi.
Qur'a marosimi 12 aprel kuni Kual-Lumpur shahridagi Mandarin Oriental Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Qur'adan oldin uchinchi bosqichga o‘tgan 12 jamoa 6ta savatchada bo‘ladi:
1-savatcha:
Eron, Avstraliya
2-savatcha:
Janubiy Koreya, Yaponiya
3-savatcha:
Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston
4-savatcha:
BAA, Xitoy
5-savatcha:
Qatar, Iroq
6-savatcha:
Suriya, Tailand.
Qur'a marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabidan vakillar ishtirok etadi. Saudiya Arabistonidan boshqa istalgan jamoa O‘zbekiston terma jamoasiga raqib bo‘lishi mumkin.