Texnologiya | 17:28 / 09.04.2016
1608
2 daqiqa o‘qiladi

Klarkson, Xammond va Mey yangi shouga nom topa olishmadi

Mashhur britaniyalik teleboshlovchilar Jyeremi Klarkson, Richard Xammond va Jyeyms Mey 2015 yilda «Bi-bi-si»dagi Top Gear ko‘rsatuvidan ketishgan edi va bugungi kunlarda Amazon Prime’da o‘zlarining yangi avtomobil shoularini boshlashni rejalashtirishmoqda. Ammo do‘stlarda nom topish bilan bog‘liq jiddiy muammo kelib chiqdi.

Xammond bir necha variantlarni o‘ylab qo‘ydi. Masalan, shouni «Auto mate (s)» (so‘zma-so‘z – «avtomatlar») deb nomlashni taklif etdi, chunki bu so‘z o‘yini bo‘lib, «avto» va «mates - do‘stlar» degan ma'noni anglatadi. Yana bir variant «Tripod» («uchoyoqli qurilma») edi, chunki teleboshlovchilar uchta bo‘lgani uchun shu nom taklif etilgan. Ammo bu nomni Mey to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Klarksonning g‘oyalari ham uning do‘stlarining ko‘ngillariga yoqmadi. Mey esa «Amazondagi Klarkson, Xammond va Meyning avtomobil shousi» deb nomlashni taklif etdi. Klarkson esa bu juda ham uzun nom ekanligini aytdi.

Oxir-oqibat boshlovchilar ularga haqiqatdan ham shou nomi bo‘yicha ajoyib fikr kelmaguncha jim bo‘lishga qaror qilishdi.
Quyida bu jarayon qanday sodir bo‘lganligini videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish