Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino Suriya terma jamoasiga murabbiylik qilish taklifini rad etdi
Taniqli portugalik futbol murabbiyi Joze Mourino Suriya terma jamoasiga murabbiylik qilish taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
“Men Suriya terma jamoasiga murabbiylik qilish taklifini olganimdan faxrlanaman, biroq ayni damda bu taklifni qabul qila olmayman”, deb aytildi Mourinoning Suriya futbol federatsiyasiga yuborgan maktubida.
53 yoshli Mourinyu 2015 yil dekabrda “Chelsi”dan bo‘shatib yuborilgandan beri ishsiz yuribdi. “Chelsi” Mourinyu boshchiligida joriy mavsumning 16 ta o‘yinida 9 ta mag‘lubiyatga uchragandan keyin uni bo‘shatishga qaror qilingan.
Portugaliyalik “o‘zgacha” murabbiy yozda “Manchester Yunayted”ga murabbiylik qilishni boshlashi mumkin.