Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi RIA Novostiga raddiya berdi
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi RIA Novosti axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan xabarga o‘zining rasmiy raddiyasini e'lon qildi.
Gap shundaki, 2 kun avval, Rossiya axborot agentligi saytida, O‘zbekiston va Xitoy "Buyuk ipak yo‘li" dasturi doirasida o‘zaro avtomobil qatnovini soddalashtirishi xaqida xabar qilingan edi. Unda, agentlik rahbari Vohid Ismoilov, RIA novosti muxbiriga bergan intervyusida, O‘zbekiston va Xitoy avtomobil qatnoviga oid yangi bitimni imzolaganini ma'lum qilgani aytilgandi. Maqolada, shuningdek, Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha uchun 40 milliard dollarlik infratuzilma jamg‘armasi tashkil etilgani haqida so‘z borgan.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi o‘z navbatida, ushbu xabarni rad etib, agentlik rahbari ushbu masala bo‘yicha RIA Novosti yoki boshqa OAV vakillari bilan uchrashmagani va shu mavzuda intervyu bermaganini e'lon qilgan. Bu haqda, uz24.uz internet nashri xabar qilmoqda.
Ayni raddiya chop etilayotgan vaqtda, RIA Novosti saytida, intervyu bergan mulozim ismi sharifi o‘chirilgan, ammo uning so‘zlari saqlab qolingan edi.