Jahon | 19:49 / 10.04.2016
1392
1 daqiqa o‘qiladi

Zambiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Zambiyaning markazidagi Kabve shahrida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 25 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy politsiya matbuot kotibi Cheriti Munganda Chanda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Chandaning ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo‘l chetiga qo‘yilgan yuk mashinasini aylanib o‘tmoqchi bo‘lganda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, ro‘paradan kelayotgan mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan.

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, avtobusdagi barcha odamlar, jumladan haydovchi ham voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning 21 nafari katta yoshdagi odam va 4 nafari o‘smir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish