Jahon | 21:07 / 11.04.2016
1215
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Jirinovskiy haykali ochildi

Moskva shahrida liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning haykali ochilishi marosimi o‘tkazildi.

Ushbu siyosatchining bronzadan ishlagan 3 metrli haykali Dunyo sivilizatsiyasi instituti yonida o‘rnatilgan. Haykaltarosh - Zurab Tsereteli.

Haykalning ochilishida Vladimir Volfovich Jirinovskiyning o‘zi ham ishtirok etdi va haykaltaroshga minnatdorchiligini bildirdi. U 25 aprel kuni 70 yoshga to‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish