Sport | 20:40 / 11.04.2016
1533
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga: «Paxtakor» o‘z maydonida «Nasaf» bilan durang o‘ynadi

11 aprel kuni Oliy liganing 4-turi doirasida «Paxtakor» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi.

Turning markaziy bahsi sifatida kutilgan bu o‘yinda dastlab mezbonlar himoyachisi Kamoliddin Tojiyev 43 daqiqada gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda, o‘yinning 57 daqiqasida qarshiliklar jamoasi hujumchisi Bobur Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqt davomida muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. O‘yinning oxirgi qismida, 81 daqiqada toshkentliklar jamoasi vakili Javohir Sohibov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

4 tur o‘yinlaridan keyin «Nasaf» jamoasi hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi. Shuningdek, Toshkentning «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari hamda Navoiyning «Qizilqum» jamoasida ham 10tadan ochko jamg‘arilgan.

«Paxtakor» esa 2ta g‘alaba va 2ta durangdan keyin 8 ochko bilan «Metallurg»dan keyingi oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) 1:1
Gollar: Kamoliddin Tojiyev 43, Bobur Abduxoliqov 57.
«Paxtakor»: 1.Nikita Ribkin, 29.Vladimir Kozak, 7.Azim Ahmedov, 21.Kamoliddin Tojiyev (s), 24.Davron Hoshimov, 5.Akbar Ismatullayev(20.Anvar Soliyev 73), 15.Javohir Sohibov, 14.Jamshid Boltaboyev, 8.Sherzod Karimov(4.Adnan Oraxovats 85), 35.Oybek Qilichev(9.Jaloliddin Masharipov 46), 11.Igor Sergeyev

«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov, 31.Saydullo Rahmatov, 4.Maqsud Karimov, 23.Sherzod A'zamov, 7.Shuhrat Muhammadiyev, 20.Erkin Boydullayev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 18.Bahrom Abdurahimov(6.Azizjon G‘aniyev 68), 17.Artur Gevorkyan (s), 9.Ilhom Shomurodov( 21.Azamat Allaniyozov 40), 45.Bobur Abduxoliqov

Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov 23, Oybek Qilichev 45, Erkin Boydullayev 51, Davron Hoshimov 64, Kamoliddin Tojiyev 68, Sherzod Karimov 84.
Chetlatish: Javohir Sohibov 81.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish