Jamiyat | 20:23 / 12.04.2016
2356
2 daqiqa o‘qiladi

Go‘daklarni zirqiratgan zo‘ravonlar

2012 yilning fevral oyi boshlarida biror foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga uyda uzala tushib yotgan H.Alimov miyasida axloqsizlik “ummonida cho‘milish” fikri paydo bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

U ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan, hali 14 yoshga ham to‘lmagan qo‘shnisi Komilni uchratib qolib, uni “nishon”ga oldi. Bolani aldab uyiga olib kiradi. Uyga kirishlari bilan Hamid xuddi o‘ljasini kutib yotgan hayvonday Komilga tashlanadi.

G‘ayritabiiy uslubda jinsiy ehtiyojini qondirgan Hamid qilmishini yashirish maqsadida Komilga: “agarda hozirgi ishlar haqida churq etsang, seni shu zahoti o‘ldiraman”, deya udag‘aylaydi.

Buni qarangki, tanishlari Shokir hamda Sarvar ham uni insofga chaqirish o‘rniga H.Alimovni qo‘llab-quvvatlashadi. Uchovlon birgalashib, reja tuzishadi. Vazifalar taqsimotiga ko‘ra, bolakaylarni uyga olib kelish Hamidning zimmasiga tushadi. U ko‘chaga chiqib, Komil va Sobirni aldagani bola yaxshi qabilida: “Yuringlar, uyimizda futbol o‘ynaymiz”, deya avraydi. Bolakaylar axloqsizlik maskaniga aylanib qolgan xonadonga kirishlari bilan uch yigitning qurshovida qolishadi...

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan “tashrif qog‘ozi” olgan H.Alimovning yuragiga g‘ulg‘ula oraladi. Qozog‘iston Respublikasidagi tanishi yodiga tushdi va unga qo‘ng‘iroq qildi.

O‘zga yurtda bir muddat yashab, O‘zbekistonga qaytayotganida qonun posbonlari tomonidan qo‘lga olindi. Jinoyatchilarga JK-119-moddasi bilan ayblov qo‘yilib, voyaga yetmagani hisobga olingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.