08:50 / 12.04.2016
8654

O‘zbekistonda g‘alla sifatiga yangi talablar tasdiqlandi

O‘zbekistonda boshoqli o‘simliklarning xavfsizligi bo‘yicha yangi texnik reglament tasdiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi qaroriga iqtibos keltirgan holda Review.uz nashri.

Xavfsizlik talablari qattiq va yumshoq bug‘doy, arpa, makka, tariq, javdar, suli, guruch, grechka, soga, tritikale (javdar va bug‘doy gibridi), dukkakli o‘simliklar – no‘xat, yasmiq (chechevitsa), burchoq, mahalliy no‘xat, loviya, mosh, bo‘rilukkak, xashaki dukkakli o‘simliklar, vika, shuningdek, moy olinadigan o‘simliklar – kungaboqar, soya, maxsar, raps, g‘o‘za, zig‘ir, yoryong‘oq, kunjut, xantalga tegishlidir.

Hujjat bilan oziq-ovqat va yem-xashak uchun mo‘ljallangan g‘alladagi zaharli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajalari, pestitsidlar, radionuklidlar miqdori, zararkunandalar bilan zararlanganligi, zararli aralashmalarning miqdori, o‘ramga sanitar-gigiyenik talablar va boshqa ko‘rsatkichlar belgilab berilgan.

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi umumiy hajmida boshoqli o‘simliklar va g‘o‘za yetishtirilishi 80 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda bracha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi o‘simliklari ekilgan yer maydoni deyarli 3,7 mln gektarni egallagan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 8 mln tonnadan ko‘proq boshoqli o‘simliklar, jumladan 7 mln tonna bug‘doy yetishtirilgan.

2015 yilda yetishtirilgan paxta xom ashyosi hajmi 3,36 mln tonnani tashkil qilgan.

Top