ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov Toshkentga keldi
O‘zbekistonning ShHTga raisligi tufayli tashkilot bilan hamkorlik doirasida 13 aprel kuni Toshkent shahrida tashkilot Xavfsizlik kengashi kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi boshlandi. Uchrashuvlar 14 aprel kuni ham davom ettiriladi.
"2016 yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga navbatdagi ShHTga a'zo davlatlarning Xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvida qatnashish uchun tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi Rashid Alimovni qabul qildi", deyiladi TIV sayti xabarida.
Uchrashuv ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va ShHT hududidagi vaziyat, terrorchilik, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash muammolarini muhokama qilishadi.
Eslatib o‘tamiz 8 aprel kuni Toshkentda ShHT qoshidagi Mintaqaviy aksilterror tuzilma kengashi yig‘ini o‘tkazilgandi.
Joriy yilda O‘zbekiston ShHTda raislik qiladi va shu munosabat bilan tashkilotning navbatdagi sammiti Toshkentda 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammit natijalaridan biri ShHTga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bo‘lishi mumkin.
2016 yil uchun ShHTning kotibi etib Tojikistonning Xitoydagi sobiq elchisi Rashid Alimov tayinlangan.