Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google foydalanuvchilarga o‘z-o‘zini rivojlantirishda yordam beradi
Google shaxsiy taqvimi uchun Goals (maqsadlar) nomini olgan yangilanish chiqardi. U taqvim egasining kun tartibida foydali mashg‘ulotlar uchun mustaqil ravishda vaqt ajrata oladi. Bu yangilik haqida kompaniya blogida xabar berildi.
Masalan, foydalanuvchi Goals'ga jadvaldan mashq zalidagi mashg‘ulotlarga vaqt topishni buyuradi. Bunda u mashqlarga haftada necha marta chiqish istagida ekanligi va ular qancha vaqt davom etishini ko‘rsatadi. Goals jadvalni tahlil qilib, istagan mashg‘uloti uchun eng qulay vaqtni topadi.
Dastlab foydalanuvchining ikki xil mashg‘uloti bo‘ladi: jismoniy mashqlar va yangi nimadir o‘rganish (til, biror bir asbobda o‘ynash va h.k.)
Shunday bo‘lsa-da, u o‘zining shaxsiy qiziqishlarini kiritishi mumkin, masalan, o‘qish, kompyuter o‘yinlari yoki shunchaki hordiq chiqarish.