Sport | 15:41 / 14.04.2016
1078
1 daqiqa o‘qiladi

Lesterlik hakam «Stok Siti» – «Tottenhem» uchrashuvini boshqarishga qo‘yilmadi

Asli Lester shahridan bo‘lgan Kevin Frend APLning 34-turidan o‘rin olgan «Stok Siti» – «Tottenhem» uchrashuvida hakamlik qilmaydi.

Premer-liga hakamlik qo‘mitasi 44 yoshli referi uning aynan Lester shahridan ekani uchun shunday qarorga kelgan.

Frend hamon o‘sha yerda istiqomat qilmoqda va «Lester»ning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradi.

Natijada uchrashuvni prestonlik Nil Suorbrik tayinlandi, Frend esa «Nyukasl» – «Manchester Siti» uchrashuvini boshqaradi.

Qayd etib o‘tish kerakki, «Lester» ayni vaqtda APLning 33 turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda bu jamoadan 7 ochko kam jamg‘argan «Tottenhem» joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish