Jahon | 11:41 / 14.04.2016
2206
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi Osiyo taraqqiyot bankining Ozarboyjon bo‘yicha yangi direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston fuqarosi Narimon Mannapbekov Osiyo taraqqiyot bankining Ozarboyjon bo‘yicha yangi direktori bo‘ldi. Bu haqda Trend agentligi xabar bermoqda.

“OTB va Ozarboyjon o‘rtasida yaqin munosabatlar mavjud va men ana shu aloqalarni davom ettirishdan mamnunman. Bankning mamlakat bilan aloqalaridagi ustuvor yo‘nalishlari transport, energetika, suv va tog‘ infratuzilmalari sohasidagi hamkorlikda o‘z ifodasini topadi. Bizning asosiy maqsad — mana shu sohalarda Ozarboyjon hukumati bilan samaralari hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir”, — dedi Mannapbekov.

Ma'lumot o‘rnida: Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 1999 yildan boshlab Ozarboyjonga 2,6 mlrd dollar miqdorida kredit va grantlar ajratilgan bo‘lib, shundan 738 mln dollari xususiy sektorlarni rivojlantirishga qaratilgan.