Özbekiston fuqarosi Narimon Mannapbekov Osiyo taraqqiyot bankining Ozarboyjon böyiça yangi direktori böldi. Bu haqda Trend agentligi xabar bermoqda.
“OTB va Ozarboyjon örtasida yaqin munosabatlar mavjud va men ana şu aloqalarni davom ettirişdan mamnunman. Bankning mamlakat bilan aloqalaridagi ustuvor yönalişlari transport, energetika, suv va toğ infratuzilmalari sohasidagi hamkorlikda öz ifodasini topadi. Bizning asosiy maqsad — mana şu sohalarda Ozarboyjon hukumati bilan samaralari hamkorlikni yölga qöyişdir”, — dedi Mannapbekov.
Ma'lumot örnida: Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 1999 yildan boşlab Ozarboyjonga 2,6 mlrd dollar miqdorida kredit va grantlar ajratilgan bölib, şundan 738 mln dollari xususiy sektorlarni rivojlantirişga qaratilgan.






