Sport | 10:16 / 14.04.2016
1290
2 daqiqa o‘qiladi

Ruy Vitoriya: «Benfika» Yevropada nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi»

«Benfika» jamoasi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya YeChL chorak finali javob uchrashuvida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda qayd etilgan durangdan so‘ng (2:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz yutishni istagandik. Bu maqsadimiz amalga oshmadi, ammo biz bu to‘qnashuvda imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi 2ta ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Biz oxirigacha kurashdik, bu bilan o‘yinchilarimizni va muxlislarni tabriklayman. Biz o‘yinning borishini nazorat qila oladigan kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Muxlislarning reaksiyasidan ham ko‘rinib turibdiki, ular bizning o‘yinimizni yaxshi baholashdi.

«Benfika» Yevropaga o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu esa quvonchli voqeadir. Myunxenga 5 ming muxlisimiz borgandi, bugungi o‘yinda esa stadion muxlislarimiz bilan to‘la bo‘ldi va biz bundan g‘ururlanishimiz mumkin. Muxlislar bizning butun bir jamoa ekanimizni to‘g‘ri tushunishadi. Ular hamisha bizni qo‘llab-quvvatlashadi va bu biz uchun juda muhim.

«Bavariya»ga qarshi jang qilishni va'da qilgan edik, buni bajardik. Endi biz e'tiborimizni ichki chempionatdagi o‘yinlarga qaratamiz.

Biz shu ruhda davom etsak, keyingi yillarda ham shu kabi Yevropada o‘z so‘zimizni ayta olamiz», — deydi Ruy Vitoriya.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish