Qozog‘istonda dunyodagi eng arzon avtomobil sotuvga chiqishi kutilmoqda
Yaqin kunlarda Qozog‘istonda dunyoda eng arzon avtomobil Bajaj Qute sotuvi yo‘lga qo‘yiladi, uning bahosi 1,7 million tengedan (hozirgi kursda 5 ming dollar atrofida) oshmaydi.
Ichki avtomobil bozorida Bajaj Qute keyingi oydayoq sotuvga chiqadi. Bu haqida Kolesa.kz nashri ma'lum qilgan.
Dastlab avtomobilni faqat Ostonada sotib olish mumkin bo‘ladi, biroq hind markasi hamkorlar bilan kelishib bo‘lgan va yaqin kunlarda mashina Chimkent, Qo‘stanay, Ust-Kamenogorsk va Aqtyube bozorlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Umuman olganda Bajaj Qute kvadrisikllar sirasiga kiradi (kvadrosikl bilan adashtirilmasin), ya'ni u jamoat joylarida yurishga mo‘ljallangan to‘rt g‘ildirakli transport vositasi hisoblanadi.
Agar Qozog‘istonda Bajaj'ni o‘ziyurar mashina deb topib, O‘MP (o‘ziyurar mashina pasporti) bilan ta'minlansa, uning bahosi 1,5 million tengega to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar uni to‘laqonli transport vositasi deb tan olishsa, u holda mashina narxi 1,7 million tenge atrofida bo‘ladi. Mashinaning chiqindi yig‘uvchi qismi uning bahosiga 100 000 tengedan ko‘proq narx qo‘shadi.
Bajaj Qute Hindistonda 2 ming dollar atrofida baholanaldi.
Bu pullar evaziga xaridorlar juda kichik to‘rt o‘rinli avtoga ega bo‘lishadi.
Orqa o‘rindiq ostida 0,2 litr hajmdagi bir silindrli motor joylashgan (13.5 l. s. va 19 Nm), oldinda esa 44 litrli yukxona mavjud. 92-yonilg‘i quyilganda - 3 l./100 km., ya'ni 8 litrli yonilg‘i qutisi 250 kilometrdan ortiq masofaga yetishi kerak.
Shunday bo‘lsa-da, inqiroz sharoitida bunday arzon transport vositasi muayyan talabga ega bo‘lishi mumkin. Nazariy jihatdan olganda Bajaj yaqinda Koreyada sotuvi to‘xtatiladigan Daewoo Matiz'ning o‘rnini bosishi ehtimoli bor. Bugungi kunda Matiz'ning narxi 1,6 million tenge.
Diler Bajaj'ni taksi xizmatida faoliyat ko‘rsatish uchun maqbul variant deb hisoblamoqda.
Taassufki, YeuroNCAP sinovlari natijasiga ko‘ra, soatiga 50 km tezlikdagi to‘qnashuvdan so‘ng bunday mashinada omon qolish amri mahol. Biroq Qozog‘iston bozorida hozirgi kungacha bundan-da xavfliroq mashinalar sotiladi.