Jahon | 09:29 / 16.04.2016
1289
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obamaning 2015 yildagi daromadi 436 ming dollarni tashkil etdi

AQSh prezidenti Barak Obama davlat rahbari lavozimini bajarib kelayotganidan beri ilk marotaba eng kam daromad ko‘rgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, Obamaning 2015 yilgi daromadi 436 ming dollardan biroz ko‘proqni tashkil etgan. Bunda, rafiqasi Mishel Obama bilan birgalikda 81,5 ming dollar soliq to‘lagan. Oq uy ma'muriyati e'lon qilgan ma'lumotlar shunga dalolat qiladi.

Obamaning asosiy daromadi, 2006 yili chop etilgan prezident qalamiga mansub kitob savdosidan tushgan.

Hujjatda yozilishicha, o‘z navbatida Barak Obama daromadining 15 foizi, ya'ni 64 ming dollarga yaqinini xayriya ishlariga sarf etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish