Jahon | 09:33 / 16.04.2016
1284
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvayda tornado oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Urugvayning Dolores shahrida yuz bergan tornado oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 200 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Mamlakatda shu sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, shahar uzra o‘tgan tornado oqibatida turar joy va ma'muriy binolar, mehmonxona va texnikum binosi vayron bo‘lgan. Shaharga armiya bo‘linmalari va qutqaruvchilar yordamga kelgan. Tibbiyot muassasalari uzukun tartibda ishlamoqda.

Yetkazilgan zarar ko‘lami hozircha noma'lum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish