Jahon | 10:17 / 17.04.2016
1210
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador qirg‘oqlari yaqinida 7,8 balli zilzila sodir bo‘ldi

Ekvador qirg‘oqlari yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 7,8 ballni tashkil etgan.

Ma'lum qilinishicha, bu yer silkinishi o‘chog‘i Muisne shahridan 27 km janubi-sharqda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i chuqurligi 19,2 km.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish