Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda kuchli zilzila oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ekvador vitse-prezidenti Xorxe Glasaga iqtibos keltirgan holda ABC telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, zilzila kuchi 7,8 magnitudani tashkil qilgan hamda UTC (Butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqti) bo‘yicha soat 23:58 da (Toshkent vaqti bilan 04:28 da) yuz bergan. Zilzila markazi Muisne aholi punktidan janubga tomon 28 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 19 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila oqibatida poytaxt Kioto qisman elektr ta'minotisiz qolgan. Mamlakatning turli hududlarida ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Tsunamidan ogohlantirish Tinch okeani markazi sunami vujudga kelishi xavfidan ogohlantirgan. Biroq hozircha dengiz sathining sohilbo‘yi chizig‘i bo‘ylab o‘zgarishi kuzatilmayapti.