Texnologiya | 19:51 / 17.04.2016
1766
2 daqiqa o‘qiladi

Mark Tsukerberg hindistonlik talabadan 700 dollarga domen nomini sotib oldi

Facebook bosh direktori Mark Tsukerberg Hindistonning Kochchi shahridagi Muhandislik kolleji talabasi Amal Avgustindan qizi uchun maxsus domen nomini sotib oldi. Uddaburon talaba domen narxini 700 dollarga baholadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orasida eng ulkani hisoblangan Facebook vakillari Avgustinga domen nomini so‘rab, murojaat qilishganida u maxchanzuckerberg.org registratsion huquqi uchun savdolashdi. Bu haqida The Times of India nashri xabar bergan.

Maks bu Mark Tsukerberg qizi Maksim Chan Tsukerberg (Maxime Chan Zuckerberg) ismining qisqartirilgan taxallusidir.

Avgustin Kerala shtatidagi Muhandislik kollejining elektronika bo‘yicha bitiruvchi talabasi bo‘lib, uning internetda domen nomlarini sotishga bo‘lgan ishtiyoqi bir muncha daromad to‘plashiga yordam berdi.

“Men bir necha yillar davomida ko‘plab domen nomlarini kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Ushbu domen nomini esa o‘tgan yilning dekabr oyida Tsukerberg farzandi dunyoga kelganida ro‘yxatdan o‘tkazgan edim”, - deydi Muhandislik kolleji talabasi Amal.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish