Jahon | 08:57 / 18.04.2016
1411
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada 200dan ortiq kishi jangarilar hujumi natijasida halok bo‘ldi

Efiopiyaning g‘arbiy qismida Janubiy Sudandan kirib kelgan qurollangan jangarilar hujum qilishi natijasida 208 kishi halok bo‘lgan, 75 kishi jarohatlangan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Hujum qiluvchilar 108 bolani o‘g‘irlab ketishgan.

Aniqlik kiritilishicha, hujum Efiopiyaning Gambela tumanida ro‘y bergan. Bu hududda Janubiy Sudandan kelgan 284 ming qochqin lagerlarda yashamoqda.

Ayni vaqtda Efiopiya qurolli kuchlari hujumni amalga oshirgan jangarilarni izlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish