Jahon | 10:26 / 18.04.2016
1025
2 daqiqa o‘qiladi

YeIdan chiqish britaniyalik oilalarga 6 ming dollardan ziyon keltiradi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi har bir britaniyalik oila uchun 4,3 ming funt sterling (6,1 ming dollar) miqdorida yillik ziyon keltirish ehtimoli mavjud. Bu haqda Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osbornga asoslanib TASS agentligi xabar tarqatgan.

“G‘aznachilik tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi, nafaqat Yevropa mamlakatlari bilan, balki boshqa davlatlar bilan ham savdo aloqalari kamaytiradi. Sarmoya kirishi susayadi, biznes darajasi ham pasayadi. YeIdan chiqsa, Buyuk Britaniya kambag‘allashadi”, - dedi Osborn The Times gazetasida chop etilgan bayonotida.

Britaniyaliklar esa mamlakat taqdirini birga baham ko‘rishlariga to‘g‘ri kelishi aytilgan.

Vazirning aytishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri a'zoligidan boshqa hech bir model qirollikka yagona bozorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini bera olmaydi. Yevroskeptiklar tashviqot kompaniyasini boshqaruvchi London meri Boris Jonson Yevropa Ittifoqidan chiqilgach, London va Bryussel o‘rtasida xuddi Kanada va YeI o‘rtasida imzolangan kelishuvga o‘xshash shartnoma imzolanishini tasdiqlamoqchi. Bu esa Britaniya iqtisodiyotining 6 foizgacha pasayishiga olib kelishi mumkin.

“Xulosa oddiy: Britaniya iqtisodiyoti uchun ham, britaniyalik oilalar uchun ham YeIdan chiqish o‘z-o‘zimizga yetkazadigan eng og‘ir jarohat bo‘ladi”, - fikrini davom ettirdi moliya vaziri.

Moliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishi hamda Yevropa bilan aloqalar o‘rnatishning boshqa variantlarida foyda va ziyon o‘rganib chiqildi. Ushbu 200 sahifalik hisobot 18 aprel kuni chop etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish