Jahon | 09:06 / 18.04.2016
1148
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvadordagi zilzila qurbonlari soni 262 nafarga yetdi

Ekvadordagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 262 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Diyego Fuentes ma'lum qildi.

Avvalroq 233 kishi halok bo‘lgani va mingdan ortiq kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda zilziladan jabr ko‘rgan 2,5 mingdan ortiq kishi qolmoqda.

17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi sohilbo‘yidagi Muisne shahridan 27 km uzoqlikda sohilbo‘yida joylashgan bo‘lgan. Mamlakatning 6 ta viloyatida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.

Zilzila markazidan 300 km uzoqlikda bo‘lgan Guayakile shahridagi ko‘prik qulagan. Poytaxt Kitoda elektr ta'minot va telefon aloqasi izdan chiqqan.

Jabrlangan hududlarga 10 ming harbiy va 3,5 ming politsiyachi jo‘natilgan.

Bundan oldinroq, Ekvadordagi zilziladan keyin Manabi viloyatida yuzlab mahbuslar qamoqxonadan qochib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish