Jahon | 20:04 / 18.04.2016
1255
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: AQSh Suriya muxolifatiga ta'sir o‘tkazish borasidagi va'dasiga vafo qilmadi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Amerika tomoni Suriyaning haqiqiy muxolifatiga ta'sir etishning uddasidan chiqa olmadi.

Uning ma'lum qilishicha, Vashington, ularni jangovar harakatlar bo‘layotgan hududlardan chiqib ketishga ko‘ndirishi lozim edi.

«Amerikaliklar bizni juda ko‘p marotaba ushbu masala bilan shug‘ullanishlariga ishontirishdi. Ularning ta'siri bilan Suriya muxolifati jangovar harakatlar hududini tark etishi va «Jabhat an-Nusra»ga qarshi kollektiv harbiy harakatlarga to‘sqinlik qilmasligi lozim edi. Ammo bularning barchasi quruq so‘zdan iborat bo‘lib qolmoqda», — deya Lavrov so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA «Novosti» agentligi.

Bundan avval, Sergey Lavrov, AQSh va Turkiyada Suriya rahbari Bashar Asadni hokimiyatdan chetlatishni istayotganlar borligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish