Sport | 16:44 / 18.04.2016
1822
2 daqiqa o‘qiladi

Peti: JCh-98 finali «kelishilgan» edi deb shubhalana boshladim

«Arsenal» jamoasi va Fransiya termasining sobiq futbolchisi Emmanyuel Peti 1998 yilgi jahon chempionatida o‘z termasi haqqoniy tarzda g‘olib bo‘lganidan shubha bildirdi. O‘shanda fransuzlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan va Peti o‘yindagi uchinchi golni urgandi.

Jahon chempionining fikricha, bunday turnirlar natijasi kimlarningdir ixtiyoriga ko‘ra hal bo‘ladi va futbolchilar unday kimsalar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanishadi.

«Keyingi haftalar davomida men o‘zimdan tez-tez so‘raydigan bo‘ldim: «Biz jahon chempionatida o‘z kuchimiz bilan yutganmidik?».

Balki, o‘yin kelishilgan bo‘lgandir. Men bu savolga javob topa olmayapman. Lekin shuni aytishim mumkinki, biz o‘shanda bor kuchimiz bilan g‘alaba uchun harakat qilgandik. Lekin bugungi kunda turib qaraydigan bo‘lsam, shu savol yuzaga chiqaveradi. Masalan, JCh-2014 doirasida Braziliya va Xorvatiya o‘rtasidagi o‘yinni olaylik, o‘shanda nima bo‘lgandi? Kechirasizu, bu juda shubhali o‘yin edi. Ba'zan men qo‘rqib ketaman. Yoki men paranoik (paranoyya - ruhiy xastalikka yo‘liqqan odam - tahririyat) bo‘lib qoldimmi?

Lekin, futbolchilar boshqa qo‘llarda qo‘g‘irchoq bo‘lishsachi? Agar o‘yinlar mamlakat iqtisodi uchun qurbon qilinsachi?

Oradan 17 yil o‘tdi. Men bugun o‘zimdan shuni so‘rayapman: «Biz jahon chempionatida o‘z kuchimiz bilan yutganmidik?». Meni bu savol keyingi haftalarda juda azoblamoqda», - deya Petining so‘zlarini keltiradi Mirror nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish