Jahon | 23:21 / 18.04.2016
1573
1 daqiqa o‘qiladi

Quddusdagi avtobusning g‘ildiragiga bomba mahkamlangani ma'lum qilindi

Quddus rasmiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda avtobusning portlashiga uning g‘ildiragiga mahkamlangan bomba sabab bo‘lgan.

"Quddus meri Nir Barkat avtobusning portlashi terakt bo‘lganini tasdiqladi. Portlash avtobusning g‘ildiragiga mahkamlangan bomba harakatga keltirilishi oqibatida yuz bergan", deb mahalliy "Gaarets" nashriga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Portlash 18 aprel kechki payt sodir bo‘lgan. Bo‘sh avtobus yonidan yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus o‘tayotganda u portlatilgan. Buning oqibatida 16 kishi jarohat olgan.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.