Sport | 22:28 / 18.04.2016
1390
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: Men hozir «Arsenal»ning chempionligi haqida orzu qiladigan kayfiyatda emasman

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger joriy mavsumda chempionlikka erishishdan umid uzganini tan oldi.

«Kanonirlar» ayni vaqtda APLning to‘rtinchi o‘rnida qolmoqda va turnir jadvali peshqadami «Lester» bilan oradagi farq 13 ochkoni tashkil qilmoqda. Londonliklar jamoasi bitta zaxira o‘yiniga ega.

«Rostini aytsam, „Kristal Pelas“ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan boy berganimizdan keyin men chempionlik haqida orzu qiladigan kayfiyatda emasman. Men o‘tgan o‘yin ruhiyatidan qutilishim va keyingi o‘yinga tayyorlanishim kerak. Ehtimol, biz kuchli to‘rtlikdagi o‘rnimizni saqlab qolishimiz uchun oxirigacha kurash olib borishimizga to‘g‘ri kelar. Hozir bu to‘rtlikka kirish uchun raqobatchilik qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinlarini yaxshilab olishgan va ochko yig‘ishda davom etishmoqda», — deya Vengerdan iqtibos keltirada Guardian nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish