Jahon | 17:32 / 19.04.2016
1464
1 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li Turkiyada 2,7 millionga yaqin suriyalik qochqin borligini ma'lum qildi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li mamalakatda 2,7 millionga yaqin suriyalik qochqin borligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA "Novosti" agentligi xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara qochqinlarni ta'minlashga 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Bundan avvalroq, Dovudo‘g‘li agar YeI Turkiyada vizasiz rejim kiritish haqidagi va'dasida turmasa, Anqaraning YeI bilan muhojirlarga doir kelishuvi qoidalariga amal qilmasligi bilan tahdid qilgandi.

U Turkiya o‘z majburiyatlarini bajarish ustida ishlayotganini ta'kidlagan.

Turkiya va YeI kelishuviga binoan, Anqara Gretsiya qirg‘oqlariga noqonuniy ravishda kelgan qochqinlarni qaytaradi. Buning evaziga vizaga oid cheklovlarni bekor qilish, Turkiyaning YeIga kirishini tezlashtirish va 3 milliard yevro olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish