Sport | 10:58 / 19.04.2016
1724
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyalik sportchilar Boston marafoni g‘olibi bo‘lishdi

Efiopiyalik yuguruvchi Atsede Baysa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli yugurish musobaqasi bo‘lmish Boston marafonida g‘olib chiqdi.

Bu musobaqa ilk marotaba 1897 yilda o‘tkazilgan.

Erkaklar orasida Baysaning vatandoshi Lemi Berxanu Xayle yetakchilik qildi.

Yengil atletika. Boston marafoni. AQSh
Ayollar
1. Atsede Baysa (Efiopiya) — 2:29.19.
2. Tirfi Tsegayye (Efiopiya) — 2:30.03.
3. Joy Chepkiruy (Keniya) — 2:30.50.
Erkaklar
1. Lemi Berxanu Xayle (Efiopiya) — 2:12.45.
2. Lelisa Desisa (Efiopiya) — 2:13.32.
3. Yyemane Adxane Tsegay (Efiopiya) — 2:14.02.