Texnologiya | 10:43 / 19.04.2016
2435
2 daqiqa o‘qiladi

Fiziklar kvant kompyuterlarini yaratishda muhim qadam tashlashdi

Melburn qirollik texnologiya universiteti (RMIT) olimlari turli yo‘nalishlarda ma'lumotlarni tarqata oladigan kvant protsessorini sinovdan o‘tkazishdi.

Bu qurilma kvant kompyuterlariga ma'lumotlar shinasini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Melburn RMIT universitetining Kvantli fotonik laboratoriyasi, Italiya milliy tadqiqiot kengashining fotonik va nanotexnoligiyalar instituti hamda Xitoyning janubiy fan va texnika universiteti olimlari ilk bor kvantli chalkash bit (kubit)larni integratsiyalashgan yorug‘lik moslamalariga yuborishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kvantli fotonik laboratoriyasi direktori, professor Alberto Perutstso bu natija ularning o‘n yillik tajribalarining yakuni ekanini qayd etmoqda.

“So‘nggi 10 yil ichida ko‘plab nazariy jihatga ega takliflar bo‘lgan edi, biroq hozirgacha ularning hech biri tajriba asosida amalga oshirilmagan, - deydi Perutstso. Bizning qurilmamiz masofaviy nuqtalar orasidagi kubitlar joyini o‘zgartirish uchun kvant tunnellarini optimallashtirishda foydalaniladi. Bu yaqin kelajakda kvant kompyuterlarini yaratishda yordam beruvchi olamshumul yangilikdir”.

Kvantli kompyuterlar vazifalarni hal etish tezligini oshirgan holda bir vaqning o‘zida ko‘plab operatsiyalarni bajara oladigan kubitlar (kvantli bitlar) ma'lumotini namoyish etishda foydalanilanadi. Kubit nafaqat mantiqiy nol balki mantiqiy birlikni ham o‘zida aks ettiradi – u har ikkala qiymatni ham bir vaqtning o‘zida qabul qila oladi, ya'ni chalkash kvant holatida bo‘ladi.

Kvant kompyuterlar o‘zining rivojlanish chegarasiga yetib borgan kremniyli kompyuterlar o‘rnini egallishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish