Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchisiz yuradigan mashinalar Xitoy bo‘ylab 2 ming kilometrni bosib o‘tdi
Changan Automobile kompaniyasining ikkita o‘ziyurar avtomashinasi 2 ming kilometr masofani muvaffaqiyatli ravishda ortda qoldirgan.
"Shunday qilib, Xitoy kompaniyasi 2020 yilga borib, muqobil mashinalar ishlab chiqarish rejasi jiddiyligini namoyish etdi", deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.
Changan bosh qarorgohi joylashgan Chuntsin shahridan safarga otlangan haydovchisiz mashinalar Pekinda manzilga yetib kelgan. Safar davomida kameralar, radarlar va mashinani boshqaruvchi sun'iy aql faoliyati sinovdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar ovoz yordamida boshqarish tizimini ham tekshirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Avtomobillar magistrallarda soatiga 120 km tezlikda mustaqil ravishda harakatlangan. Bu vaqt mobaynida harakat safiga rioya etgan va yo‘laklarni o‘zgartirgan, quvib o‘tishlarni amalga oshirgan, shuningdek, shahar tirbandliklarida harakatlangan. Shu bilan birga, yo‘l belgilari talablaridan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilgan.
Alohida ta'kidlanishicha, 6 kunlik sayohat davomida biron hodisa yuz bermagan. Shunga qaramay, sinovchilar mashinalarning zaif tomonlarini aniqlashgan. Xususan, avtomobillar mustaqil ravishda yonilg‘i quyib ololmaydi, tonnellarda atrofni yetarlicha aniqlay olmaydi. Bunda albatta yerosti yo‘laklarining nisbatan past yoritilgani va GPS-signallarining zaifligi ham rol o‘ynaydi.
Changan 2018 yilga borib, tijoriy maqsadlarda haydovchisiz yuradigan transport vositalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2025 yildan esa Xitoy shaharlari ko‘chalarida shunday yengil mashinalar ommaviy ravishda paydo bo‘la boshlaydi.
Xitoyning o‘zi boshqariluvchi mashinalari Chuntsindan Pekinga yo‘l oldi