Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai 4 ming dollarlik avtomobilini ishlab chiqarish bo‘yicha ish boshladi
Koreyaning Hyundai avtokompaniyasi hamyonbop modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda On Cars India xabar tarqatgan.
Portal ma'lumotiga ko‘ra, AH kodi bilan belgilangan loyiha ustida ish boshlab yuborilgan. Bu yangi krossover Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan.
Renault Kwid avtomobili bu krossoverning raqobatchisi bo‘lishi mumkin. Eng arzon Renault Kwid Hindiston avtobozorida 2015 yildan beri sotiladi. Mashinaning 0,8 litrli motori 54 ot kuchiga teng quvvat yetkazib beradi. Narxi 4 ming dollar atrofida.
Hyundai esa Hindiston bozorida 2018 yildan boshlab o‘zining yangi mahsulotini chiqarishi kutiladi. Bo‘lajak krossoverining narxi esa 4 ming dollar bo‘lishi aytilmoqda. Uning to‘sqichi (obves) plastikdan yasalishi, tubi yerdan balandroq bo‘lishi haqida ma'lumot berilgan.