O‘zbekiston | 18:54 / 19.04.2016
1494
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov zilzila munosabati bilan Ekvador prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ekvador prezidenti Rafael Korreaga ta'ziya bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Islom Karimov Ekvadorning shimoli-g‘arbiy sohilidagi talofatli zilzila natijasida ko‘p sonli insonlarning halok bo‘lishi va vayrongarchilikka olib kelishi munosabati bilan prezident Rafael Korreaga samimiy ta'ziya bildirdi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston Prezidenti halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga, shuningdek, jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

16 aprel kunidan 17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali yer osti silkinishlari qayd etildi. Zilzila natijasida turar joy binolari, mehmonxona va boshqa binolar vayron bo‘ldi. Qurbon bo‘lganlar soni 413 nafarni tashkil qildi, shuningdek 300 nafardan ziyodroq kishi bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish