Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik tadbirkor tovuqlarini Louis Vuitton brendi ostida sotgani ma'lum bo‘ldi
Janubiy Koreya sudi qovurilgan tovuqlar bilan savdo qiluvchi janubiy koreyalik tadbirkorni oshxonasini mashhur fransuz moda uyi Louis Vuitton nomi bilan atagani uchun jarimaga tortishga qaror qildi.
Aslida restoran "Louis Vuiton Dak” deb ataladi, "tongdak” so‘zi tovuq ma'nosini anglatadi. Kim sharifli biznesmen olib ketishga mo‘ljallangan ovqatlar qutisiga ham LV belgisini yaqin harflar chop ettirgan.
Moda uyidan brend imijiga putur yetkazilganligi haqida shikoyat sentabr oyida kelib tushgan, shundan keyin Kim restoran nomini o‘xshash nomga o‘zgartirgan.
Biroq sud o‘xshash talaffuz qilinadigan nom ham Louis Vuitton brendi huquqlarini buzadi deb topdi va oshxona egasiga 14,5 million von (taxminan 12,5 ming dollar) jarima yukladi.