Jahon | 10:05 / 19.04.2016
1704
1 daqiqa o‘qiladi
Netanyahu: Quddus voqealariga aloqasi bor terrorchilardan o‘chimizni olamiz
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Quddus shahrida avtobusning portlatilishiga aloqasi bor barcha jinoyatchilarni topishga va'da berdi. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasida yozilgan.
«Biz portlovchi moslamani yasagan va keltirganlarni ham, ularga yordam berganlarni ham topamiz. Terrorchilardan o‘chimizni olamiz», — degan Isroil hukumati rahbari.
Mamlakat hukumati voqea joyidan bomba bo‘laklari topilgani bois, uni terakt sifatida baholadi.
18 aprel kuni Quddus shahrida avtobus portlatilishi oqibatida 21 kishi jabrlangan, ulardan birining ahvoli jiddiyligi aytilmoqda. Hozircha Falastindagi jangari guruhlaridan hech biri jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.