Jahon | 19:12 / 19.04.2016
1064
1 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun 25 aprel kuni Armanistonga rasmiy tashrif uyushtiradi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 25 aprel kuni Armanistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda BMTning Yerevandagi ofisi matbuot xizmati rahbari Armin Galachyanga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, Pan Gi Mun Kavkazga safari doirasida Gruziya va Ozarbayjonda ham bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Pan Gi Mun 2007 yildan buyon, ya'ni BMT rahbarligiga kelganidan buyon Armaniston va Ozarbayjonda bo‘lmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish