Jahon | 10:25 / 19.04.2016
1561
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi Kyusyu zilzilasi qurbonlari soni 44 nafarni tashkil qilmoqda

14 aprel kuni davomida Yaponiyaning janubi-g‘arbiy oroli — Kyusyuda ro‘y bergan kuchli yer silkinishi va uning ortidan ro‘y bergan sunami tufayli qurbon bo‘lganlar soni 44 nafarni tashkil qilayotgani tasdiqlandi. Mahalliy hukumat vakillari xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar xarobalar ostidan yana 2 kishining jasadini chiqarib olishgan.

Ayni vaqtda 2 mingdan ziyod kishi kasalxonaga yotqizildi, ulardan kamida 170 kishining holati og‘ir.

Shuningdek, 94 ming kishi evakuatsiya punktlarida qolmoqda. Falokat hududida qutqaruvchilar ishlamoqda, biroq mintaqada kutilayotgan kuchli yomg‘irlar qutqaruv operatsiyasi borishini qiyinlashtirmoqda. Hududlarga suv va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish qiyinlashgan. Kumamato prefekturasida aeroport faoliyati to‘xtatib turilibdi, avtomobillar yo‘llarida harakatlanish qiyinlashgan.

Jabrlangan hududlarga yordam ko‘rsatishga amerikalik qutqaruvchilar jalb etilgan. 2ta MV-22 Osprey kontverplanlari vositasida yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarga yordam yetkazilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 160 ming uy ichimlik suvi ta'minotisiz qolgan, yana 100 ming turarjoy binosi gazdan uzilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish