Jahon | 16:55 / 20.04.2016
1430
1 daqiqa o‘qiladi
Barak Obama Saudiya Arabistoniga keldi
AQSh prezidenti Barak Obama 20 aprel kunining birinchi yarmida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga yetib keldi. U Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorligi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda AFP xabar tarqatgan.
U safar davomida Ar-Riyodda arab davlatlari monarxlari bilan uchrashadi.
Sammitda terrorizmga qarshi kurash, Eron bilan munosabatlar va o‘zaro hamkorlikning turli jihatlari muhokama etilishi kutilmoqda.