Jahon | 13:33 / 21.04.2016
1792
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya parlamenti IShID harakatlarini genotsid sifatida tan oldi

Buyuk Britaniya parlamenti 20 aprel kuni Suriya va Iroqdagi mahalliy va diniy ozchilikka nisbatan IShID terroristik guruhini bir ovozdan genotsid (imperializm va fashizmning irqiy, milliy yoki diniy avj bilan aholining biror toifasini qirishga qaratilgan siyosati) deb tan oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ushbu tashabbusni olg‘a surgan Konservativ partiya deputati Fiona Bryusning fikriga ko‘ra, agar tegishli tartib va mazmunda murojaat etilmasa, Xalqaro jinoiy sud genotsidni belgilash bo‘yicha qaror chiqarishga qodir emas.

“Aynan shuning uchun ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Genotsidni tan olish asosiy qadamdir”, - dedi u.