Hollivudda "panamageyt" haqida film suratga olinmoqchi
Hollivudda jurnalist Jyeyk Bernstaynning chop etishga tayyorlanayotgan "Maxfiylik dunyosi" kitobi sahnalashtirilmoqchi. Bu kitob "Panama hujjatlari"ga asoslangan, deb xabar bermoqda Guardian nashri.
Ta'kidlanishicha, kitobni ekranlashtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun kinostudiyalar orasida rostmana kurash ketmoqda.
"Birinchi marta bizda maxfiy dunyoni ichkarisidan ko‘rish imkoni bor. Bundan tashqari, Panama hujjatlari bo‘yicha olib borilgan tergov ta'siri sezila boshlagan jamoaviy jurnalistikaning yangi davri boshlanishidan guvohlik beradi", deb aytgan kitob muallifi.
Kitobni 2017 yilda chiqarish mo‘ljallangan.
3 aprelda OCCRP dunyo yetakchilari, siyosatchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlarga aloqadorligi bo‘yicha katta ko‘lamli tergovni chop etgandi.