Jahon | 00:04 / 21.04.2016
1978
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: 20 dollarlik qog‘oz pulda afroamerikalik ayol surati paydo bo‘ladi

AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu 5, 10 va 20 dollarlik qog‘oz pullarning dizaynida katta o‘zgarishlar bo‘lishini e'lon qiladi, deb xabar bermoqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Politico nashri.

Ta'kidlanishicha, 19-asrda qullarning ozod etilishi uchun kurashgan ayol Garriyet Tabmen AQSh qog‘oz pulida paydo bo‘ladigan birinchi afroamerikalik bo‘ladi, uning tasviri 20 dollarlik qog‘oz pulda AQShning 7-prezidenti Endryu Jyekson tasviri o‘rnini egallaydi.

Nashrning ta'kidlashicha, Jyekson quldor bo‘lgan, Tabmen esa quldorlikni bekor qilish harakatining faoli hisoblangan.

AQSh moliya vaziri 10 dollarlik qog‘oz pulda AQShning birinchi moliya vaziri, bu tashkilot va zamonaviy AQSh moliya tizimini yaratgan Aleksandr Gamilton suratini tasvirlash g‘oyasidan voz kechilganini ma'lum qildi.

10 dollarlik qog‘oz pulning orqa tomonida ayollarning fuqarolik huquqlari uchun harakat faollari suratlari, 5 dollarlik qog‘oz pulning orqasida esa 20-asrda fuqarolik huquqlari uchun kurash yetakchilari suratlari paydo bo‘ladi.

Yangi qog‘oz pullar AQSh gravirovkalash va bosma byurosi tomonidan ayollar ovoz berish huquqi kuchga kirganining 100 yilligi munosabati bilan 2020 yilga chiqariladi. Ungacha yangi kupyuralardan birortasi keyingi o‘n yillikkacha foydalanishga kiritilmaydi.

Moliya vazirligi AQSh Federal zaxira tizimini bu jarayonni tezlatish va yangi qog‘oz pullarni iloji boricha tezroq chiqarishni amalga oshirishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish