Jamiyat | 00:50 / 21.04.2016
1745
1 daqiqa o‘qiladi

Polshalik ayol vafotidan 55 kun o‘tib farzand ko‘rdi

Polshaning Vrotslav shahrida tug‘ilishidan deyarli 2 oy avval onasi vafot etgan bola dunyoga keldi. 41 yoshli ayolda homiladorligining 17-haftasida miyasi o‘lgani qayd qilingan. Ayol saratonga chalingan bo‘lgan. Shunga qaramay, ayolning yuragi urishdan to‘xtamagan. Shifokorlar homilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar bermoqda NTO nashri.

Shifokorlar zamonaviy texnologiyalar yordamida ayolning hayotiy muhim a'zolarini qo‘llab-quvvatlab turishgan. Ayolning vafotidan 55 kundan keyin shifokorlar kesarcha jarrohlik yordamida bolani tashqariga chiqarib olishgan. Bolakay tug‘ilganda vazni 2 kg bo‘lgan va u intensiv terapiya bo‘limida 2 oy davomida parvarish qilingan. So‘ngra bolakayga ruxsat berilib, uni otasi olib ketgan. Hozirda bolaning vazni 3 kg atrofida bo‘lib, u to‘liq sog‘lom.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish